Konstitutsiyaviy shikoyat - fuqarolar huquqlarini himoya qilishning muhim kafolati
2021-yildan boshlab O‘zbekistonda fuqarolar va yuridik shaxslarga muayyan shartlar asosida Konstitutsiyaviy sudga bevosita murojaat qilish huquqi berildi. Bu huquq Konstitutsiyaning 133-moddasida ham mustahkamlangan. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik konstitutsiyaviy shikoyat qanday holatlarda berilishi, unga qanday talablar qo‘yilishi va Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari haqida yetarli ma’lumotga ega emas. Qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan murojaatlar ulushi yiliga atigi 14–15 foizni tashkil etmoqda. Konstitutsiyaviy shikoyat oddiy sud qarorini qayta ko‘rib chiqishning navbatdagi bosqichi emas. U fuqaroning ishida qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish imkonini beruvchi muhim huquqiy mexanizmdir. Mavzu doirasida konstitutsiyaviy shikoyat berish tartibi, aholining huquqiy xabardorligini oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda yuridik yordam imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. #KonstitutsiyaviySud #KonstitutsiyaviyShikoyat #InsonHuquqlari #QonunUstuvorligi #HuquqiySavodxonlik #UzReportTV Официальный сайт: https://uzreport.news/ "UZREPORT TV" kanalining barcha yuklangan videolari himoyalangan. Ushbu videoni boshqa kanallarga yuklash taqiqlanadi #uzreporttv #news #новости #yangiliklar
Название:
Konstitutsiyaviy shikoyat - fuqarolar huquqlarini himoya qilishning muhim kafolati
Категория:
Разное